Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti https://nuu.uz Markaziy Osiyoning birinchi universiteti. O'zbekistondagi #1 universitet Tue, 17 Mar 2026 07:47:10 +0000 uz-UZ hourly 1 https://wordpress.org/?v=6.7 O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida amaliy o‘rganishlar olib borildi https://nuu.uz/ozbekiston-milliy-universiteti-harbiy-tayyorgarlik-oquv-markazida-amaliy-organishlar-olib-borildi/ Tue, 17 Mar 2026 07:45:46 +0000 https://nuu.uz/?p=35154 Oliy Majlis Senatining 2026-yilgi ish rejasiga muvofiq Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining rezervdagi va zaxiradagi ofiserlarni tayyorlashga oid qismining Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ijro etilishi holati o‘rganilmoqda.

Joriy yil 16-mart kuni qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov boshchiligida Mudofaa hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Harbiy prokuratura vakillari va soha ekspertlaridan iborat ishchi guruh Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, universitetning Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida aynan O‘zbekiston Milliy universitetida rezervdagi va zaxiradagi ofiserlarni tayyorlash tizimi, harbiy tayyorgarlik jarayonining tashkil etilishi hamda uning samaradorligi e’tiborga olindi. Jumladan, talabalarni saralash tizimi, ularning qurol-aslaha va harbiy texnikadan foydalanish ko‘nikmalari, jismoniy va taktik tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, ishchi guruhi a’zolari oliy ta’lim tashkilotlarida harbiy ta’lim bo‘linmalari shtat jadvalini shakllantirishda pedagogik lavozimlar va harbiy shtat birliklari o‘rtasida uzviylik ta’minlanganligi, o‘quv moddiy-texnik bazasining to‘liq jihozlanganligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratishdi.

O‘rganish jarayonida harbiy tayyorgarlikni sifatli tashkillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, nazariy olingan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash zarurligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

O’zMU Axborot xizmati

]]>
“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi https://nuu.uz/eng-yaxshi-qoshiq-tanlovi-yuqori-saviyada-otkazildi/ Tue, 17 Mar 2026 06:05:09 +0000 https://nuu.uz/?p=35140 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan iqtidorli talabalar ishtirok etib, jonli ijroda milliy va zamonaviy qo‘shiqlarni mahorat bilan kuyladilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan ijro mahorati, sahna madaniyati hamda tomoshabinlar bilan muloqot darajasiga ko‘ra baholandi.

Yakunda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, talaba-yoshlar qalbida bayramona kayfiyatni yanada mustahkamladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Djumabayeva Sabrina Odiljon qizi (Biologiya va ekologiya fakulteti)

🥈 2-o‘rin — Xusniddinov Sirojiddin G‘ayrat o‘g‘li (Ijtimoiy fanlar fakulteti)

🥉 3-o‘rin — Rustamov Avazbek Sobir o‘g‘li (Ijtimoiy fanlar fakulteti)

]]>
Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi oʻtkazildi https://nuu.uz/35124-2/ Sat, 14 Mar 2026 06:33:36 +0000 https://nuu.uz/?p=35124 Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 12-14-mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi rahbarlari, ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, olimlar va ekspertlar qatnashdi.

Mazkur forumda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda prorektor Ravshan Musurmanov ham ishtirok etdi. Rektor ma’ruza bilan chiqish qilib, so‘nggi yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Xususan, ikki davlat universitetlari o‘rtasida qator hamkorlik bitimlari imzolangani, talabalar akademik mobilligi yo‘lga qo‘yilgani hamda professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va qo‘shma tadqiqotlarda faol ishtiroki kengaygani qayd etildi.

Shuningdek, u O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik umumiy tarixiy va ilmiy an’analarga tayanishini, bunday muloqotlar esa o‘zaro ishonchga asoslangan mustahkam akademik muhitni shakllantirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Rektor o‘z nutqida istiqbolda qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish, doktorantura darajasidagi tadqiqotlar hamda yoshlar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy almashinuv dasturlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ham qayd etdi.

Forum doirasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar akademik mobillikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, ilmiy maqolalar hamda monografiyalar tayyorlash, shuningdek doktorantlar uchun ilmiy rahbarlik va maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Forumda ikki davlat oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion rivojlanish, pedagog kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, til siyosati hamda akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu yoʻnalishda universitetlar oʻrtasida tajriba almashish va qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

O‘zMU Axborot xizmati

]]>
Xalqaro matematika kuniga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi https://nuu.uz/xalqaro-matematika-kuniga-bagishlangan-respublika-miqyosidagi-ilmiy-konferensiya-bolib-otdi/ Fri, 13 Mar 2026 11:16:25 +0000 https://nuu.uz/?p=35099 O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti, O‘zR FA Matematika instituti hamda O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida Xalqaro matematika kuniga bag‘ishlangan “Zamonaviy matematikaning dolzarb muammolari va tatbiqlari” mavzusidagi respublika miqyosidagi yosh olimlarning ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Sh.A. Ayupov, universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Y.S. Ergashov, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktor o‘rinbosari, akademik O‘.A. Roziqov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdilar.

Mazkur ilmiy anjuman 14-mart — Xalqaro matematika kuni munosabati bilan tashkil etildi. Ushbu sana matematikaning mashhur doimiylaridan biri bo‘lgan π (pi) sonining taxminiy qiymati — 3.14 bilan bog‘liq holda butun dunyoda matematika kuni sifatida nishonlanadi. Anjuman yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy natijalarini taqdim etish, tajriba almashish hamda yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim ilmiy maydon vazifasini o‘tadi.

Konferensiya doirasida matematikaning turli fundamental va amaliy yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, Matematika fakultetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 249-maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan matematika olimpiadasi g‘oliblari taqdirlanib, ularga O‘zbekiston Matematika jamiyatining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

]]>
  O‘zbekiston Milliy universiteti va AT “Aloqabank” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi https://nuu.uz/ozbekiston-milliy-universiteti-va-at-aloqabank-ortasida-hamkorlik-memorandumi-imzolandi/ Thu, 12 Mar 2026 16:44:18 +0000 https://nuu.uz/?p=35086 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” bilan ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat universitet va bank o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Memorandum universitet tomonidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, bank tomonidan esa boshqaruv raisi o‘rinbosari Jo‘rabek Uroqov tomonidan imzolandi. Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur memorandum doirasida universitet va bank qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, talabalarning bank tizimida amaliyot o‘tashini tashkil etish, talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, universitet bitiruvchilarini bank tizimida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, universitetda yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu esa talabalarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish va ularni amaliy loyihalarga aylantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Uchrashuv davomida ta’lim muassasalari va bank-moliya tizimi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Memorandum doirasida kelgusida qo‘shma seminarlar, master-klasslar, treninglar va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, bank mutaxassislarini ta’lim jarayoniga jalb qilish, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar va mutaxassislikka oid tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.

Ushbu hamkorlik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun amaliy tajriba orttirish, moliya-bank sohasi bilan yaqindan tanishish va o‘z kasbiy salohiyatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mazkur tashabbus mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim va iqtisodiyot integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

]]>
MIRZAEVA AZIZAHON SHERZODOVNA IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI TO‘G‘RISIDA https://nuu.uz/mirzaeva-azizahon-sherzodovna-iqtisodiyot-fanlari-boyicha-falsafa-doktori-phd-dissertatsiya-ishi-himoyasi-togrisida/ Thu, 12 Mar 2026 13:37:00 +0000 https://nuu.uz/?p=35083
Mirzayeva Azizaxon Sherzodovnaning 08.00.01-“ Iqtisodiyot nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha ““O‘rta daromad tuzogʻidan” chiqishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.01.10-raqamli ilmiy Kengashining 2026 yil 31 mart kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil:100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, 203-xona.
Tel.:(+99871) 246-08-62
e-mail.: [email protected]

]]>
Urunbayev Saparbek Samatovich ning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida https://nuu.uz/urunbayev-saparbek-samatovich-ning-iqtisodiyot-fanlari-boyicha-falsafa-doktori-phd-dissertatsiya-ishi-himoyasi-togrisida/ Thu, 12 Mar 2026 12:07:29 +0000 https://nuu.uz/?p=35080
Urunbayev Saparbek Samatovichning 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha “Yashil iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tabiiy kapitalni jamg’arish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.01.10 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 31-mart kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil:100174, Toshkent shahar Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universiteti
Tel.:(+99871) 246-08-62; (+99871) 227-10-59;
Faks.:(+99871) 246-65-24

]]>
THE Central Eurasia Ranking: Markaziy Yevrosiyo universitetlari reyting tahlili https://nuu.uz/the-central-eurasia-ranking-markaziy-yevrosiyo-universitetlari-reyting-tahlili/ Thu, 12 Mar 2026 11:10:06 +0000 https://nuu.uz/?p=35075 Times Higher Education xalqaro reyting agentligi 2026-yil uchun Central Eurasia University Rankings nomli yangi mintaqaviy pilot reyting tahlillarini e’lon qildi. Mazkur tashabbus turkiy davlatlar hududidagi oliy ta’lim muassasalarini global baholash mezonlari asosida tahlil qilish va ularning mintaqaviy raqobatbardoshligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa mintaqadagi 122 ta universitet orasida 43-o‘rinni egallab TOP-50 universitet sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun O‘zbekistonning 57 ta oliy ta’lim muassasalari ushbu reytingdan reportyor ya’ni ma’lumot kirituvchi sifatida o‘rin olgan.

Ushbu pilot reyting THEning jahon universitetlari reytingi metodologiyasiga asoslanadi, biroq baholash doirasi faqat Markaziy Yevrosiyo mintaqasi bilan cheklanadi. Universitetlar 17 ta asosiy indikator bo‘yicha baholanadi. Ular qatoriga quyidagi mezonlar kiradi: ta’lim muhiti (Teaching), ilmiy muhit (Research Environment), tadqiqot sifati (Research Quality), sanoat bilan hamkorlik (Industry), xalqaro ko‘lam (International Outlook).

Reyting natijalari mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarini aniqlab berdi:

#1 – Koç University (Turkiya)

#2 – Middle East Technical University (Turkiya)

#3 – Sabancı University (Turkiya)

#4 – Nazarbayev University (Qozog‘iston)

O‘zbekistondan esa quyidagi universitetlar reytingga kiritildi:

#7 – Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanisation

#19 – Tashkent State Technical University

#43 – National University of Uzbekistan

#51–60 – Tashkent University of Information Technologies

Ta’kidlash lozimki, mazkur reytingga Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo besh davlat – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston universitetlari jalb etilgan.

Shuningdek, ushbu loyiha hozircha pilot formatda bo‘lib, kelgusida doimiy mintaqaviy reyting sifatida shakllantirilishi rejalashtirilmoqda. Reyting geografiyasi va unda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari soni bosqichma-bosqich kengayishi kutilmoqda.

]]>
O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi https://nuu.uz/ozbekiston-milliy-universitetida-talabalar-bilan-uchrashuv-tashkil-etildi/ Thu, 12 Mar 2026 08:44:05 +0000 https://nuu.uz/?p=35059 O‘zbekiston Milliy universitetida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda universitet birinchi prorektori Tunis Xojiyev, fakultet dekani Zafar Rahmonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, profilaktika inspektorlari podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, katta leytenant Husniddin Orzimatov hamda tegishli bo‘limlar mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar, axborot xurujlari va huquqbuzarliklardan asrash, ularni qonunlarga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati jarayonida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va takliflarni amaliyotga tatbiq etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy va ijodiy loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ulardan batafsil va atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv yoshlar uchun muhim muloqot maydoniga aylanishi bilan birga, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

]]>
Bitiruvchilar bandligi — ustuvor vazifa: O‘zbekiston Milliy universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi https://nuu.uz/bitiruvchilar-bandligi-ustuvor-vazifa-ozbekiston-milliy-universitetida-karyera-kuni-mehnat-yarmarkasi/ Thu, 12 Mar 2026 08:35:54 +0000 https://nuu.uz/?p=35049 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda 40 dan ortiq davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etib, talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, stajirovka imkoniyatlari hamda kasbiy faoliyatni boshlash shartlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur tadbir Shavkat Mirziyoevning 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning sohasiga mos bo‘lgan 40 dan ortiq yirik davlat va xususiy tashkilotlar, korxona va muassasalar vakillari ishtirok etdilar. Ular tomonidan talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi, stajirovka dasturlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka doirasida talabalar ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘z rezyumelarini taqdim etish, vakansiyalar bilan tanishish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, talabalarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, ishga qabul jarayonlari hamda karyerani rejalashtirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Tadbirda jami 3000 dan ortiq quyi va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi. Bu esa mehnat yarmarkasi talabalarning ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mehnat bozori talablari bilan tanishish va kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirishida muhim ahamiyat kasb etganini ko‘rsatdi.

Tadbir davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, bitiruvchilarning biznes va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion va amaliy loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlarning bandligini ta’minlash mexanizmlari tushuntirildi. Bu kabi imkoniyatlar yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ularning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Ijtimoiy fanlar fakultetida jami 1369 nafar bitiruvchi talabalar tahsil olmoqda. Jumladan:

  • 1230 nafar talabalar bakalavriat bosqichida;
  • 139 nafar talabalar magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

Hozirgi vaqtda fakultet bitiruvchilarining 429 nafari davlat va xususiy sektorda rasmiy ish bilan band, 262 nafari o‘zini-o‘zi band qilish orqali faoliyat yuritmoqda, 678 nafar bitiruvchi esa hozircha ishga joylashmagan.

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish hamda ish beruvchilar bilan universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, bunday “Karyera kuni” mehnat yarmarkalarini universitetning barcha fakultetlarida bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan. Bu esa bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

]]>